Marg‘ilondagi do‘konda yong‘in yuz berdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 11-iyun kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:58 da Marg‘ilon shahar “Yorqin” MFY hududida joylashgan savdo do‘konining 2-qavatinining 86 kvadrat metr maydonda ichki qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in qutqaruvchilar yong‘inga 11:00 da yetib borib, 11:02 da o‘rab olinib, 11:16 da o‘chirilgan. Yong‘indan do‘konning 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.







