O'zbekiston

Samarqandda ayolning suratini tarqatmaslik evaziga bitta iPhone va 6500 dollar talab qilgan erkak ushlandi

U endi 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Samarqandda ayolning suratini tarqatmaslik evaziga bitta iPhone va 6500 dollar talab qilgan erkak ushlandi

 

Samarqand viloyatida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida tovlamachilik sodir etgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Z.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fotosuratlarini “nomaʼlum shaxs” yuklab olib, uyatli rasmlari borligini aytib pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.

 

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam sudlangan Samarqand shahrida yashovchi 35 yoshli T.U. ekanligi aniqlangan.

 

T.U. Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida Z.N. joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov berib, ushbu uyatli fotosuratlarni, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 6 500 AQSH dollari, bir dona Apple iPhone 13 Pro va bir dona erkaklar tilla zanjiri talab qilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan, T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qonunga muvofiq, T.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"