O'zbekiston

Xivada Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi o’tkazildi

Olimpiada 11-17 iyun kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Xivada Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi o’tkazildi

 

Bugun, 12-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xiva shahrida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.

 

O‘ziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi o‘quvchilar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr bildirib o‘tishdi.

 

Xususan, tadbirda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan germaniyalik professor Joxann Plank buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ilmiy me’rosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib kelinayotganligini alohida ta’kidladi.

 

Tadbir davomida ishtirokchi davlatlarning tanishtiruv marosimi tashkil etildi. O‘zaro do‘stona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning beg‘ubor raqs davralariga ulanib ketdi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.