O'zbekiston

Asal bog‘cha va shifoxonalarda ratsionga kiritiladi

Respublikada g‘o‘zani asalari bilan changlatish agrotexnikasidan foydalaniladi.

Asal bog‘cha va shifoxonalarda ratsionga kiritiladi

Asal mahsuloti bog‘cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik rasioniga kiritiladi. Bu haqda Hukumatning “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g‘o‘zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llaniladi.

 

Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi. Shuningdek, 2024-yildan intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash choralari ko‘riladi. 

 

Bundan tashqari,  2023-yil 1-sentyabrdan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik isteʼmol rasioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi. Har yili 1–10-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

 

Qaror bilan, shuningdek, “Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog‘larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"