O'zbekiston

Saylov-2023: Bu galgi saylov komissiyalari qanday moliyalashtiriladi?

Iqtisodiyot fanlari doktori Bobur Valiyev bu borada tushunchalar berdi.

Saylov-2023: Bu galgi saylov komissiyalari qanday moliyalashtiriladi?

 

Iqtisodiyot fanlari doktori Bobur Valiyev bu borada tushunchalar berdi.

 

Mamlakatimizda, 9-iyul kuni o‘tkaziladigan muddatidan ilgari prezidentlik saylovida qatnashish uchun nomzodlar 7-iyundan o‘z tashviqotlarini boshladi. Qayd etish joizki, mamlakatimizda muddatidan ilgari saylov o‘tkazish uchun 174 milliard 130 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilgan. Bunda umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar 19 milliard 655 million so‘mni tashkil etdi. Bunda har bir nomzodga 4 milliard 914 million so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. Xarajatlar smetasiga ko‘ra, mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda. O‘rtacha bir saylovchiga sarflanadigan xarajat miqdori 0,8 dollarni tashkil etmoqda. Tabiiy savol tug‘iladi, bu xarajat miqdori ko‘pmi yoki oz?

 

Agar xorijiy davlatlarning bu boradagi xarajatlarini qiyosiy tahlil etsak, quyidagi manzarani ko‘ramiz. Xususan, 2022 yil 20 noyabrda Qozog‘iston Respublikasida muddatidan oldin o‘tkazilgan Prezident saylovida har bir saylovchiga 3,7 dollar, 2022 yil 10 aprelda Fransiyada Prezidentlik saylovida 5,1 dollar, 2021 yil 11 yanvarda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti saylovida 1,8 dollar, 2020 yil 9 avgustda Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida 1,5 dollarni, 2020 yil 28 iyunda Polsha Prezidenti saylovida 2,5 dollarni tashkil etgan. Demak, yuqoridagi qiyosiy tahlildan ko‘rinadiki, mamlakatimizda joriy yil 9 iyulda o‘tkaziladigan Prezident saylovi uchun davlat byudjetidan eng maqbul va tejamkor usullardan foydalanib, xorijiy davlatlarga nisbatan kamroq xarajat qilishga erishilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baʼzan davlat byudjeti tomonidan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratilish holatini noto‘g‘ri talqin qilayotganlarga ko‘zimiz tushadi. Aslida, xorijiy mamlakatlarda ham saylov jarayonlari, partiyalarning faoliyatini moliyalashtirishda davlat ham ishtirok etadi. Jumladan, AQSH, Turkiya, Qozog‘iston kabi yaqinda bo‘lib o‘tgan yoki bo‘layotgan saylov jarayonlarini kuzatsak, xorij tajribasida ham saylovga tayyorgarlik va partiyalar saylovda qatnashish xarajatlari asosan davlat byudjetidan qoplanadi. Siyosiy partiyalar faoliyati va saylovlar o‘tkazish xarajatlarining aynan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishidan asosiy maqsad xususiy sektorni siyosiy boshqaruvga aralashuvidan himoya qilishdir.

AQSHda siyosiy partiyalar 2022 yil 8 noyabr kuni AQSH Kongressiga oraliq saylovlarda milliy nomzodlarni ilgari surish uchun 8,9 milliard dollar, 2022 yil 20 noyabrda Qozog‘iston Respublikasida muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazilib, unda 11 million 950 mingdan ortiq saylovchilar ishtirok etdi. Ushbu saylov xarajatlarining umumiy qiymati esa 44,5 million dollarni tashkil etgan edi. Turkiyada 2023 yilgi prezidentlik saylovida 60,9 million va chet yelda 3,2 million ovoz qatnashdi. Bularning xarajatlarini moliyalashtirishda ham Turkiya davlati byudjeti qatnashmoqda.

 

Mamlakatimizda ham Saylov kodeksining 17-bobi aynan saylovni moliyalashtirish munosabatlarini tartibga solishga bag‘ishlanib, saylovni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat byudjeti mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Shunday ekan, yurtimizda tashkil etilayotgan Prezidentlik saylovi jarayonlari va tashviqotlari shaffof hamda adolatli o‘tyapti deyishimizga, hamma asoslar bor.

 

custom img

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga bordi

Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

custom img

Buxoroda 7 ta dorixonada noqonuniy savdoda bo‘lgan 101 turdagi dori vositasi aniqlandi

Nazorat tadbirlari “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan.

custom img

Qidiruvdagi shaxs jamoat transportida qo‘lga olindi

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida gumonlanib, qidiruvga berilgan.

custom img

Kredit qarzini undirishda bank kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirish taklif etilmoqda

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

custom img

Maktablarda har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda

Mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi temir yutishga majburlandi

Bola yot jismni yutib yuborgach, shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan.

custom img

Psixotrop dori sotayotgan feldsher qo‘lga tushdi

Toshkent va Qashqadaryoda qiymati 400 million so‘mdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

custom img

“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi

Elektr yo‘qligi sabab O‘zPFL ofisi masofadan ishlashga o‘tgan, Liga serverlari esa faoliyatini to‘xtatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"