Jahon

Bloomberg: BAA va Saudiya Arabistoni Yevropaga bosim o‘tkazmoqda

Ular Damashqqa nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklashni talab qilmoqda.

Bloomberg: BAA va Saudiya Arabistoni Yevropaga bosim o‘tkazmoqda

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, arab amirliklari rasmiylari bir necha oy davomida Yevropa Ittifoqi vakillari bilan suhbatda Suriya bilan aloqalarni tiklash g‘oyasini ilgari surgan. Ularning aloqalari turli darajalarda sodir bo‘ladi. Suhbat chog‘ida arab davlatlari vakillari sanksiyalar yumshatilmasa, 12 yildan beri davom etayotgan mojaroga barham berish bo‘yicha diplomatik choralar foydasiz bo‘lishini taʼkidladi. Bunday harakat Suriyaning vayron bo‘lgan iqtisodiyotini jonlantirish imkonini beradi, deydi ular.

 

Agar Suriyada iqtisod tiklana boshlasa, millionlab qochqinlar o‘z vatanlariga qaytishni xohlashadi, deydi arab monarxiyalari vakillari. Shuningdek, iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi qochqinlarni qabul qilayotgan qo‘shni davlatlarga bosimni yumshatadi.

 

Bloombergning qayd etishicha, Fransiya va Germaniya Suriya bilan aloqalarni tiklash imkoniyatini istisno qilmoqda. Ular bu urush sabablarini bartaraf etishga yordam bermasligini taʼkidlaydilar. Payshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Xosep Borrel Suriya bo‘yicha donorlar konferensiyasida Damashqqa nisbatan "Yevropa Ittifoqi siyosatini o‘zgartirish" uchun hozir hech qanday sharoit yo‘qligini aytdi. Har qanday o‘zgarish, deya qo‘shimcha qildi u, Asadning siyosiy islohotlarni amalga oshirishi va BMT rezolyutsiyalarini bajarishiga bog‘liq bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi pozitsiyasini Qo‘shma Shtatlar qo‘llab-quvvatlaydi, deya taʼkidlaydi agentlik.

 

Mart oyida Britaniya, Germaniya, AQSH va Fransiya hukumatlari Suriyada mojaro boshlanganining 12 yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot chiqargan edi. Ular Suriyadagi fuqarolar urushini hal qilishning siyosiy yo‘li topilmaguncha, Suriya bilan munosabatlarni yaxshilamasliklarini bildirishdi. Ular "BMT ko‘magida va BMTning 2254-sonli ko‘rsatmalariga muvofiq suriyaliklarning o‘zlari boshchiligidagi siyosiy jarayon"ga chaqirishdi.

 

Maʼlumot uchun 2011-yil 15-martda Suriyaning bir qancha shaharlarida 2000 yildan buyon hukmron mamlakat prezidenti Bashar al-Asadga qarshi ommaviy norozilik ("G‘azab kuni") boshlangandi. Bu voqealar rasmiy hokimiyat va ichki muxolifat o‘rtasidagi qarama-qarshilikning boshlanishi bo‘lib, ko‘p o‘tmay xalqaro kuchlar ishtirokida fuqarolar urushiga aylanib ketdi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"