O'zbekiston

Samarqandda gaz taʼminoti bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Unga nisbatan 2 ta modda bo‘yicha ish ochilgan.

Samarqandda gaz taʼminoti bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

 

Samarqand shahrida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, “Samarqandshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi aholi xonadonlariga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari J.A. fuqaro D.N.ning xonadonidagi isitish qozoni gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"