Jahon

BAA va Qatar diplomatik munosabatlarini qayta tikladi

Har ikki davlatda elchixonalar qayta ochildi.

BAA va Qatar diplomatik munosabatlarini qayta tikladi

 

Ikki davlatning ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash istagidan kelib chiqib, Qatar va BAA diplomatik munosabatlar qayta tiklangani haqida eʼlon qildi.

 

Qatarning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi konsulligi hamda Dohadagi BAA elchixonasi qayta ochilgan.

 

2017 yilning yozida Bahrayn, Yaman, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misr Doha bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qilgandi. Bu qarorga asosiy sabab Qatarning beqarorlashtiruvchi roli va ekstremistlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlanadi. Dohada bu ayblovlar asossiz deb atalgan.

 

2021 yil boshida Arab monarxiyalari va Misr Saudiyaning El-Ulya shahrida Qatar bilan barcha kelishmovchiliklarga barham berish, u bilan to‘liq munosabatlarni tiklash va transport blokadasini olib tashlash to‘g‘risida kelishuv imzolagandi. Biroq barcha davlatlar bilan aloqalar tiklanmadi.

 

Mart oyi boshida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Keyinroq Pekinda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud va Eron diplomatiyasi rahbari Husayn Amir Abdullohian yetti yil ichida birinchi marta uchrashdi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.