O'zbekiston

Jarimalarni to‘lashda fuqarolarga yengillik berilishi mumkin

Kiritilayotgan o‘zgarish bilan jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Jarimalarni to‘lashda fuqarolarga yengillik berilishi mumkin

 

Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda "Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida"gi qonun hamda "Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan maʼmuriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida"gi qonun muhokama qilindi.


Senatorlarning fikricha, qonunni qabul qilish uchun qator omillar yuzaga kelgan. Jumladan, amalda undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik 100 ming so‘m bo‘lsa-yu, ushbu jarima miqdori o‘z vaqtida to‘lanmasa, Majburiy ijro byurosi tomonidan ushbu summaga nisbatan bir necha marta yuqori jarima belgilanishi mumkin. Bu hol tabiiyki, fuqarolarning to‘lov qobiliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, ularning noroziligini keltirib chiqaradi.

 

Shuningdek, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun bugungi kunda barcha ijrochilarga maʼmuriy jarimaga tortish vakolati mavjud. Bu holatlar ham turli suiisteʼmolchilik va aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1981-moddasiga jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi haqida norma kiritilmoqda.

 

"Eng asosiysi, MJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda maʼmuriy jazo qo‘llashga vakolatli bo‘lgan shaxslar doirasi qisqartirilib, O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqli ekanligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritilmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Senatorlarning qayd etilishicha, mazkur qonun fuqarolarning jarimalarni to‘lashda ularga yengilliklar berilishiga xizmat qiladi.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.