0

Qarshida shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 118 mln talab qilgan ayol ushlandi

Ayblanuvchi fuqaroni shaxsiy foto va videolarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Qarshida shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 118 mln talab qilgan ayol ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida ayol kishi fuqaro A.Yu.ga o‘zining qo‘l telefoni xotirasida unga tegishli shaxsiy foto va video tasvirlar borligi aytib, ushbu shaxsiy maʼlumotlarini internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga oldindan talab qilgan 118 mln so‘mni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qarshida shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 118 mln talab qilgan ayol ushlandi