O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish kengaytiriladi

Qishloq xo‘jaligi sohasida dronlar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish takomillashtiriladi.

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish kengaytiriladi

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda agrar sohada qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani taʼkidlandi.

 

Shuningdek, respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida monitoring va sprey dronlar, ashyolar interneti, 3D geografik axborot tizimlari, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"