Yangiyo‘lda g‘alladan bo‘shagan dalada yong‘in bo‘ldi
Kuni kecha Chinozda ham xuddi shunday yong‘in bo‘ldi. Yong‘in natijasida tabiatga jami 118 million 82 ming 896 so‘m miqdorda zarar keltirilgan.

FVVning maʼlum qilishicha, bugun, 23 iyun kuni soat 11:33 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Said ota” MFY hududidagi yo‘l yoqasida taxminan 15 ga g‘alladan bo‘shagan yer maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:56 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:10 da o‘rab olingan va 14:10 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Kuni kecha Chinozda ham xuddi shunday yong‘in bo‘ldi. Yong‘in natijasida tabiatga jami 118 million 82 ming 896 so‘m miqdorda zarar keltirilgan.







