Siyosat

Shvetsiya kompaniyalari O‘zbekistondagi iqtisodiy loyihalarga jalb qilinadi

Stokholmda O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Shvetsiya milliy savdo kengashi departamenti rahbari bilan uchrashdi.

Shvetsiya kompaniyalari O‘zbekistondagi iqtisodiy loyihalarga jalb qilinadi

 

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Shvetsiya milliy savdo kengashi  departamenti rahbari Maykl Kox bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shvetsiya tomoni O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar bilan  tanishtirildi. Mamlakatdagi eksport nazorati tizimi va tashqi bozorlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan saʼy-harakatlar alohida taʼkidlandi.

 

Muzokaralar natijasida Shvetsiya milliy savdo kengashi ko‘magida shved kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish va ularni O‘zbekistondagi iqtisodiy loyihalarga jalb qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

 

Shvetsiya Milliy savdo kengashi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunuvchi davlat agentligi bo‘lib, 1651-yilda tashkil etilgan. Kengash tashqi savdo, ichki bozor va savdo siyosati bilan shug‘ullanadi, Shvetsiya hukumatiga soha bo‘yicha tahlil va tavsiyalar berib boradi.

custom img

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

custom img

Kaspiy tuguni: O‘zbekiston va Ozarbayjonning yagona logistika tizimi qanday shakllanmoqda

Boku porti Markaziy Osiyodan Yevropaga yuk tashishda muhim tranzit markaziga aylanishi kutilmoqda.

custom img

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham halok bo‘lgan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Narendra Modining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Baxtiyor Saidov Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hindistondagi hukumat vakillari bilan muzokara o'tkazish uchun Nyu-Dehliga bordi.

custom img

Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSH strategik sherikligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

custom img

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"