O'zbekiston

Qashqadaryoda ayol kishini stakan bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shisha idish fuqarolarning yuz hamda bo‘yin sohasiga tegishi oqibatida, jabrlanuvchilar shifoxonaga tushgan.

Qashqadaryoda ayol kishini stakan bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda oshxonada o‘tirgan bir guruh ayollarga qarata nomaʼlum erkak stakan otgani tasvirlangan video tarqalgandi.

 

Qashqadaryo IIBning maʼlum qilishicha, Kitob tumani, Guliston mahallasida yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi “Karavan” nomli oshxonada o‘tirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari o‘tirgan oshxona stoliga kelib o‘tirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun mo‘ljallangan shisha idishni otgan.

 

Shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda bo‘yin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"