O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev ShHT majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston yetakchisi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev ShHT majlisida ishtirok etdi

 

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4 iyul kuni SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

 

Hindiston tomonining raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ham qatnashdi.

 

Shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlari va faxriy mehmonlar sifatida sammitda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston prezidenti Xurelsux Uxnaagiyn, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida xalqaro munosabatlar tizimida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar – geosiyosiy keskinlik kuchayib, ziddiyatlar avj olayotgani, global barqarorlik va izchil taraqqiyotga xavf solayotgan yangi xatar va tahdidlar paydo bo‘layotgani, ekologiya, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi xavflar ortib borayotganini qayd etdi.

 

"Shu munosabat bilan konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligi yaqqol ko‘rinib turibdi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zbekiston nizo va ziddiyatlarni hal qilish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan yechimlarni izlash va murosali qarorlarni qabul qilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy o‘rniga nisbatan prinsipial pozitsiyaga rioya qilishi taʼkidlandi.

 

SHHT faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti ushbu tashkilot muvaffaqiyati uning asosiy tamoyillariga qatʼiy rioya etishga asoslanganligiga eʼtibor qaratdi. 

 

"Eng muhimi, bizning hamkorligimiz turli manfaatlar, yondashuvlar, qarashlar va madaniy tafovutlarni o‘zaro hurmat qilish va konstruktiv idrok etishga suyanadi", – dedi davlat rahbari.

 

Sammitning kun tartibidan kelib chiqib, O‘zbekiston Prezidenti tashkilot doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni bayon qildi. Xususan:

 

  • ko‘p tomonlama siyosiy hujjat — SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish;
  • innovatsion taraqqiyot, raqamlashtirish va robotlashtirish, sunʼiy intellekt, biotexnologiya, farmatsevtika va kelajak sanoatining boshqa tarmoqlarini qamrab oladigan SHHTning yangi iqtisodiy muloqoti dasturini qabul qilish;
  • O‘zbekistonda SHHTga aʼzo davlatlar hududlarining innovatsion sherikligi haftaligini hamda yuqori tehnologiyalar qo‘shma ko‘rgazmasini o‘tkazish;
  • SHHT davlatlarining transport o‘zaro bog‘liqligining yagona xaritasini ishlab chiqish;
  • kelgusi yilni SHHT makonida Ekologiya yili deb eʼlon qilinish hamda «Yashil kamar» dasturi doirasida mintaqaviy ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini tayyorlash;

 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro universiteti negizida shu yilning oktyabr oyida Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasi doirasida SHHT turizm industriyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

 

Shuningdek, avlat rahbari SHHTning boy madaniy-gumanitar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan siyosatni amalga oshirishning dolzarb ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shu munosabat bilan intensiv madaniy almashinuvning yillik taqvimini shakllantirishni amaliyotga joriy etish hamda «SHHT - kelajakning ijodiy g‘oyalari va tashabbuslari makoni» yoshlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha Tadbirlar dasturini tayyorlash taklif qilindi.

 

SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini faollashtirish borasidagi saʼy-harakatlarni qayd etib, O‘zbekiston Prezidenti tuzilma kengashining sayyor yig‘ilishlari amaliyotini davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi, bu tuzilmaning zamonaviy tahdidlarga tezkor javob berish masalalarida vakolatlarini oshirishga imkon berishini taʼkidladi.

 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim masala - Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatga to‘xtalib o‘tildi.

 

"Prezidentimiz Afg‘onistonning bevosita qo‘shnilari bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uzoq muddatli siyosiy yechimni topishdan barchadan ko‘ra manfaatdor ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ‘SHHT – Afg‘oniston‘ aloqa guruhi formatida qo‘shma faoliyatni va maslahatlashuvlarni qayta tiklash taklif qilindi", — deyiladi xabarda.

 

Tadbir yakunida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:

 

  • SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklaratsiyasi;

  • 2030 yilga qadar SHHT mintaqasida iqtisodiy rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror;

  • Eron Islom Respublikasini SHHT aʼzoligiga qabul qilish tartibotini yakunlash va unga SHHTga aʼzo davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror;

  • Belarus Respublikasining SHHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzolash haqida qaror.

 

Bundan tashqari, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiyani yana-da rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hujjat qabul qilindi.

 

Shu bilan SHHTga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"