O'zbekiston

Ukraina urushni qo‘llab-quvvatlagan rossiyaliklarning O‘zbekistonda konsert berishiga munosabat bildirdi

Avvalroq Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlayotgan rossiyalik sanʼatkorlarning O‘zbekistondagi konsertlariga to‘siq yo‘qligini aytgandi.

Ukraina urushni qo‘llab-quvvatlagan rossiyaliklarning O‘zbekistonda konsert berishiga munosabat bildirdi

 

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov O‘zbekistonda sanʼat uchun hech qanday to‘siq yo‘qligi va Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlayotgan rossiyalik sanʼatkorlarning O‘zbekistonda rejalashtirilgan konsertlariga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytgandi. Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi bunga munosabat bildirdi.

 

Elchixona xabarida keltirilishicha, urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik sanʼatkorlarning O‘zbekistondagi chiqishlari urushni qo‘zg‘atishga qaratilgan jinoiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va bu O‘zbekiston obro‘siga tahdid solishi mumkin

 

«Bundan tashqari, rossiyalik qo‘shiqchilar tomonidan olingan mablag‘lar ular tomonidan urush, terrorizm va Ukraina xalqining genotsidini moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Elchixona ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston vakolatli organlariga tegishli murojaat yubordi.

Elchixona urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik sanʼatkorlarning chiqishlari uchun O‘zbekistonning konsert maydonlaridan foydalanishga qarshi chiqqan o‘zbek jamoatchiligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi», — deyiladi elchixona xabarida.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"