Jahon

Cho‘kib ketgan “Titan”ga egalik qiluvchi kompaniya faoliyatini to‘xtatdi

OceanGate kompaniyasi barcha tijorat operatsiyalari to‘xtatilganini eʼlon qildi.

Cho‘kib ketgan “Titan”ga egalik qiluvchi kompaniya faoliyatini to‘xtatdi

 

Atlantika okeanida halokatga uchragan “Titan” suv osti kemasiga egalik qiluvchi OceanGate Expeditions kompaniyasi faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qildi.  

 

"OceanGate batiskaflarning barcha razvedka va tijorat operatsiyalarini to‘xtatdi", — deyiladi kompaniya veb-saytida. 

 

19-iyun kuni bortida besh kishi bo‘lgan “Titan” batiskafi "Titanik" kemasining Atlantika okeanida g‘arq bo‘lgan joyiga ekspeditsiya vaqtida g‘oyib bo‘lgan edi. 

 

22-iyun kuni AQSH qirg‘oq xavfsizligi qidiruv guruhi aʼzolari batiskaf bo‘laklari topilgani haqida xabar berdi. Ularning holati suv osti kemasida ichkariga yo‘naltirilgan portlash sodir bo‘lganini ko‘rsatdi. Taxminlarga ko‘ra, uning bortidagi odamlar bir zumda halok bo‘lgan. 

 

"Titanik" 1912-yil 15-aprelda Sauthemptondan Nyu-Yorkka ketayotganda aysberg bilan to‘qnashib, cho‘kib ketgan. Hodisa oqibatida 1,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan edi. 

 

OceanGate kompaniyasi "Titanik" kemasi g‘arq bo‘lgan hududga ekspeditsiya uyushtirish bilan shug‘ullangan. Suv osti turistlari kema qoldiqlarini tomosha qilish uchun 250 ming dollarga chipta sotib olishgan. 

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Mablag‘ 20 dan ortiq islohot choralarini amalga oshirish sharti bilan ajratilgan.

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti mojaro bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina prezidenti bilan kelishmasdan qabul qilinmasligini aytdi.

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Hududlarda aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etgan.

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Prokurorlar ilg‘or chiplar yoki maxfiy ma’lumotlar Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya bilan barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida harakatni to‘xtatishga qaror qildi.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketa uchirdi. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

2016-yildan beri ilk bor: Janubiy Koreyada vabo holati qayd etildi

Bemor kasallik aniqlanishidan oldingi ikki oy davomida xorijga chiqmagan.