Jahon

"Rossiyadan yadro kallaklari yil oxirigacha to‘liq olib kelinadi" — Lukashenko

Belarus prezidenti, shuningdek, yadro qurollarini joylashtirish uchun maydon tayyor ekanini aytdi.

"Rossiyadan yadro kallaklari yil oxirigacha to‘liq olib kelinadi" — Lukashenko

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiyadan olib kelinadigan yadro kallaklari to‘g‘risida gapirdi.

 

"Yadro qurollarini joylashtirish uchun maydon, bir oy oldin to‘liq tayyor bo‘lgan. Kallaklarning ko‘p qismi Belorusga olib o‘tilgan va hozirda omborlarda saqlanmoqda. Yil oxirigacha, aniq, bundan ancha oldinroq, kallaklarni to‘liq olib kelamiz", — dedi Lukashenko.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Minsk xalqaro majburiyatlarni buzmagan holda, Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirishga kelishib olganini aytgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"