Jahon

Ukraina G'arb tomonidan va'da qilingan og'ir qurollarning faqat yarmini oldi

Hamkorlarning Ukraina oldidagi barcha ro‘yxatga olingan majburiyatlar miqdori jami 165 mlrd yevroga yetgan.

Ukraina G'arb tomonidan va'da qilingan og'ir qurollarning faqat yarmini oldi

 

Ukraina G‘arb davlatlari vaʼda qilgan og‘ir qurollarning yarmidan bir oz ko‘prog‘ini oldi va ittifoqchilar kamroq yangi majburiyatlarni o‘z zimmalariga ola boshladilar, deyiladi Kil Jahon iqtisodiyoti instituti hisobotida.

 

Institut maʼlumotlariga ko‘ra, G‘arb davlatlaridan Kiyevga harbiy, gumanitar va iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi vaʼdalarning so‘nggi cho‘qqisi Rossiya istilosi boshlanganining bir yilligi arafasida kuzatilgan. Keyingi hisobot davrida — 2023-yilning 25-fevralidan 31-maygacha ittifoqchilarning faolligi pasaydi, deydi ekspertlar.

 

Taʼkidlanishicha, bu davrda Ukraina oldidagi barcha ro‘yxatga olingan majburiyatlar miqdori 13 milliard yevroga oshib, jami 165 milliard yevroga yetdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu majburiyatlarning aksariyati qurol bilan bog‘liq, chunki Ukraina qarshi hujumga tayyorlanayotgan edi.

 

"Harbiy majburiyatlarga bo‘lgan eʼtiborga qaramay, amaldagi yetkazib berishlar vaʼda qilinganidan ancha past bo‘ldi. Umuman olganda, vaʼda qilingan qurollarning faqat yarmidan sal ko‘pi yetkazildi", — deyiladi hisobotda.

 

Mutaxassislar, shuningdek, vaʼdalar va etkazib berishlar o‘rtasidagi tafovut Ukrainaning AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi eng yirik ittifoqchilari kontekstida ko‘proq sezilishini taʼkidladilar. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, jumladan Chexiya, Sloveniya, Polsha va Slovakiya vaʼda qilingan og‘ir qurollarning 80 foizdan ortig‘ini yetkazib bergan.

 

Maʼlumot uchun, G‘arb davlatlari Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshlanishidan deyarli bir yil o‘tgach, Ukrainani og‘ir qurollar bilan taʼminlashga qaror qilishgan edi. Kil Jahon Iqtisodiyoti Instituti iyul oyi boshida xabar qilganidek, 471 ta tank Ukrainaga topshirilgan, yana 286 tasi keyinroq topshirilishi rejalashtirilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.