O'zbekiston

O‘zbekistonda qovun narxi keskin arzonladi

Biroq joriy narxlar o‘tgan yilgi darajadan ikki baravar yuqoriligicha qolmoqda

O‘zbekistonda qovun narxi keskin arzonladi

 

O‘zbekistonda o‘tgan haftada poliz mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 40 foizga arzonlashdi, bu esa ichki bozorda ushbu mahsulot taklifining mavsumiy ravishda keskin oshgani bilan izohlanadi, deydi EastFruit tahlilchilari.

 

Joriy mavsumda Toshkent shahridagi ulgurji bozorlarda yangi hosilning birinchi yirik partiyalari o‘rtacha ulgurji narxi 6 000 so‘m bo‘lgan may oyi oxiri – iyun boshida paydo bo‘ldi. Bir haftadan so‘ng 5 000 so‘mgacha tushib ketgan o‘rtacha ulgurji narx deyarli butun iyun davomida shu darajada saqlanib qoldi.

 

EastFruit narxlari monitoringi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 30-iyundan 7 iyuliga qadar poliz mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 5 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha pasaygan, bu joriy mavsumda ushbu mahsulot narxining haftalik keskin o‘zgarishi hisoblanadi.

 

Bozor ishtirokchilarining fikricha, bu ichki bozorda poliz mahsulotlari taklifining mavsumiy ravishda keskin oshishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan roppa-rosa ikki baravar, 2021-yilning shu sanasiga nisbatan esa 1,8 baravar yuqori.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.