O'zbekiston

Bosh prokuratura: Saylov jarayonlarida jiddiy qonunbuzilish holati aniqlanmadi

Bugungi siyosiy tadbirning tinch va osoyishta o‘tkazilishi, jamoat tartibining saqlanishi qatʼiy nazoratga olingani taʼkidlanmoqda.

Bosh prokuratura: Saylov jarayonlarida jiddiy qonunbuzilish holati aniqlanmadi

 

Saylov jarayonlarida uning natijalariga u yoki bu tarzda taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan biron-bir jiddiy qonunbuzilishi hozirgi vaqtga qadar aniqlanmadi. Bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida o‘tkazilgan brifingida maʼlum qildi. 

 

Qayd etilishicha, xodimlar prokuratura organlarining barcha bo‘g‘inlarida tashkil etilgan 24 soatlik uzluksiz navbatchilikda xizmat qilmoqda, ular saylov jarayonida qonuniylikni taʼminlash ishlariga to‘liq jalb etilgan.

 

"Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilib, mamlakatdagi vaziyat haqida real vaqt rejimida axborot almashilmoqda", dedi u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi siyosiy tadbirning tinch va osoyishta o‘tkazilishi, jamoat tartibining saqlanishi qatʼiy nazoratga olingan.

 

"Soat 15-00 ga qadar prokuratura organlariga saylov jarayonida shu kunga qadar fuqarolardan 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularda asosan saylov qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirish so‘ralgan. Huquqbuzarliklarga oid xabarlar va murojaatlar kelib tushmadi", deya qo‘shimcha qildi u.

 

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.