O'zbekiston

Samarqandda yangi institut tashkil etiladi

Shuningdek, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Britaniya taʼlim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. Maktabga o‘quvchilar 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.

Samarqandda yangi institut tashkil etiladi

 

Prezidentning “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan:

 

  • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;

  • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.

  • “Agrobank”ning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubatsion markazlar, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, o‘simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

 

Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya taʼlim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.

 

Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat umumtaʼlim muassasasi hisoblanadi. Xalqaro maktabga o‘quvchilar 2023/2024 o‘quv yilidan 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi. 

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

  • idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence); 

  • ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;

  • Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"