O'zbekiston

Aktrisa qiz behayo yozishmalar qurboni bo‘ldi

Aktrisa Sadoqat Xamidova videomurojaat qilib, unga nomaʼlum shaxslar shantaj qilishganini aytdi.

Aktrisa qiz behayo yozishmalar qurboni bo‘ldi

 

O‘zbek seriallaridan biridagi roli orqali tanilgan aktrisa Sadoqat Xamidova videomurojaat qilib, unga nomaʼlum shaxslar shantaj qilishganini aytdi.

 

Aktrisaning aytishicha, nomaʼlum shaxslar go‘yoki aktrisa yigitlar bilan behayo mavzularda yozishgani va rasm hamda videolarini yuborganini montaj qilib, internetga tarqatishgan.

 

“Ularni shu narsani (montaj) mukammal qilgan-ki, ko‘rganlar ishonib qolyapti. Hozir mening uyim notinch, bo‘lajak turmush o‘trog‘im bor, u yoqda har xil gap-so‘z, atrofimdagi odamlarda har xil gaplar aylanyapti”, — deydi aktrisa.

 

Aktrisa IIVga holat yuzasidan ariza berib, mazkur ishni qilganlarga chora ko‘rishni so‘ragan.

 

IIVning xabar berishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

“Maʼlumot uchun, fuqarolarning sir saqlanishi kerak bo‘lgan maʼlumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri JKning 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Bu uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, — deydi IIV Tezkor qidiruv-departamenti kiberxavfsizlik markazi masʼuli.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.