O'zbekiston

O'zbekistonda tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 521 mlrd so'm mol-mulk va yer solig‘idan qarzi mavjud

Byudjet tashkilotlari xodimlarining qarzi 130,2 mlrd so‘mni etgan bo'lsa, eng ko'p qarzdorlik — 92,8 mlrd soʻm bilan sanoat sohasi yetakchilik qilmoqda

O'zbekistonda tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 521 mlrd so'm mol-mulk va yer solig‘idan qarzi mavjud

 

Soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil 30-iyun holatiga 197,2 mingta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning 1,2 mln ta soliq obyekti bo‘yicha 521,7 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 197,3 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 324,4 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

 

Qayd etilishicha, shundan:

 

  • 130,2 mlrd so‘m — budjet tashkilotlari xodimlari;
  • 25,8 mlrd so‘m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
  • 365,7 mlrd so‘m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

Tijorat tashkilotlarining sohalar kesimida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi:

 

  • sanoat sohasidagi 24,1 mingta tashkilotda ishlovchi 197,7 ming nafar xodimning soliq qarzi 92,8 mlrd soʻm;
  • qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 59,4 mingta tashkilotda ishlovchi 125 ming nafar xodimning soliq qarzi — 86,7 mlrd soʻm;
  • savdo sohasidagi 46,7 mingta tashkilotda ishlovchi 85,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 56,7 mlrd soʻm;
  • qurilish sohasidagi 11,5 ta tashkilotda ishlovchi 72 ming nafar xodimning soliq qarzi — 44,1 mlrd soʻm;
  • tashish va saqlash sohasidagi 6,1 mingta tashkilotda ishlovchi 47,1 ming nafar xodimning soliq qarzi — 21,5 mlrd soʻm;
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,9 ming nafar xodimning soliq qarzi — 13 mlrd soʻm;
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,5 mingta tashkilotda ishlovchi 13 ming nafar xodimning soliq qarzi — 6,5 mlrd soʻm;
  • axborot va aloqa sohasidagi 2,1 mingta tashkilotda ishlovchi 11,6 ming nafar xodimning soliq qarzi — 4,5 mlrd soʻm.

 

Shuningdek, boshqa faoliyat turlari sohasidagi 17,8 mingta tashkilotda ishlovchi 78,5 ming nafar xodimning soliq qarzi — 39,9 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.