O'zbekiston

Toshkentda ko‘mib qo‘yilgan giyohvand moddalar topildi

Yigit giyohvand moddasini geolokatsiya asosida ko‘mib qo‘yish uchun olib ketayotgan bo'lgan

Toshkentda ko‘mib qo‘yilgan giyohvand moddalar topildi

 

Tergov departamenti ma'lumotlariga ko'ra, 28-iyun kuni Bektemir tumani Chirchiq bo‘yi ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan IIO FMB PPX xodimlari tomonidan 25 yoshli yigit to‘xtatib tekshirilganda cho‘ntagidan giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida gumonlanuvchidan ushbu moddani kimdan va qayerdan olgani so‘ralganida, u ushbu giyohvand moddasini geolokatsiya asosida ko‘mib qo‘yish uchun olib ketayotganligini va Bektemir tumani Chirchiq bo‘yidagi mahallalarning biriga mijozlar uchun jami 23 dona o‘ramdagi giyohvand moddalarni ko‘mib chiqqanligini maʼlum qilgan.

 

Toshkent shahar IIBB EKMning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gumonlanuvchidan olingan modda tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon mavjud bo‘lib, bu modda “alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP)” deb atalishi va umumiy og‘irligi 22,4 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.