O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda 14,2 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larida moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda byudjet mablag‘larining asossiz ravishda ishlatilishi, xususan, tovar-moddiy boyliklarni belgilangan narxidan qimmatga sotib olinishi hamda qurilish ishlariga ortiqcha mablag' sarflangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 14,2 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larida moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

 

Hisob palatasi maʼlumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan asossiz ravishda mablag‘larni xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida byudjet tashkilotlariga ajratib bermasdan markazlashtirgan holda jamlanib, keyinchalik boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlangani aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishda markazlashtirilgan mablag‘lardan tanlov asosida 102 mlrd so‘mning sarflanishi tekshirilganda 14,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

 

Shuningdek, 71,2 mlrd so‘mlik qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarishda 7,5 mlrd so‘mlik asossiz ortiqcha mablag‘lar olingan hamda sifatsiz ishlar bajarilgan bo‘lsa, 30,8 mlrd so‘mlik asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar 6,7 mlrd so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan. 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"