O'zbekiston

Endi pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Endi pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

 

Hukumat qarori bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug‘i uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. 

 

Nizomga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shunga ko‘ra:

 

  • birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi (20 maygacha);

  • uchinchi va to‘rtinchi mavsum uchun Manzilli ro‘yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etiladi (20 avgustgacha);

 

Qo‘mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag‘larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi (10 ish kunida).

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.