O'zbekiston

Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarida prezident maktablari tajribasi joriy etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri bir qator takliflarni ilgari surdi

Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarida prezident maktablari tajribasi joriy etiladi

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, Jizzax viloyatida taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatini respublika bo‘yicha namunali hududga aylantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.

 

Jumladan:

 

  • viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o‘rgatishni joriy etish,

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

  • maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari taʼlimni sifatli tashkil etish,

  • Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini viloyatdagi umumtaʼlim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

 

Qayd etilishicha, bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, G‘allaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) taʼlim jarayonlari joriy etiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.