O'zbekiston

Toshkent viloyatida yashash uyida “narkolaboratoriya” tashkil qilgan shaxslar ushlandi

Tekshiruv davomida xonadonda sintetik giyohvandlik vositalari hamda ularni tayyorlashda foydalanilgan texnik vositalar borligi aniqlangan

Toshkent viloyatida yashash uyida “narkolaboratoriya” tashkil qilgan shaxslar ushlandi

 

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, 20-iyul kuni Olmaliq shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro shahar hududida gumonlanib tekshirilganda, uning yonidan 0,36 gramm “mefedron” (ekspertiza xulosasi) sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

 

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, shaxsning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan. Natijada xonadondan turli hajmdagi shisha va boshqa idishlarda kimyoviy, oʻtkir hidli suyuqliklar, yarim tayyor va tayyor holdagi sintetik giyohvandlik vositalari hamda ularni tayyorlashda foydalanilgan texnik vositalar borligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

 

Shuningdek, tadbir davomida ushbu vositalarni tayyorlashda ishtirok etgan 43 yoshli erkak va 21 yoshli ayol ham qoʻlga olingan.

 

Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.