Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnov amalga oshiriladi
Qatnovlar joriy yilning avgust oyidan yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilning 20 avgustidan boshlab Toshkent va Vengriya poytaxti Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlanadi. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent – Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi. Mazkur yo‘nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.







