O'zbekiston

Jizzaxda "oilaviy pudrat"ga aylangan maktab fosh etildi

Byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan ona-bola maktab direktorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda "oilaviy pudrat"ga aylangan maktab fosh etildi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan maʼlumotga ko‘ra, fuqaro F. B. va boshqalarning Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu maktab direktori V.M.O. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda aslida maktabda ishlamagan turmush o‘rtog‘i (O.A.)ga ovoz berish operatori sifatida 2019-2023 yil 1 mayga qadar 47,3 mln so‘m, shuningdek, omborchi vazifasiga ishga qabul qilingan fuqaro N.E.ga 2022-2023 yil 1 mayga qadar 6,9 mln so‘m, 2014 yilda ishdan bo‘shagan D.H.ga esa 2016 yilga qadar 22.9 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab, jami 77,1 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

 

Bundan tashqari, V.M.O. Zafarobod tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida direktor vazifasida ishlab kelayotgan o‘g‘li R.D. bilan jinoiy til biriktirib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida o‘z rahbarligidagi maktab xodimlari N.Yu. va I.T.ning xabarisiz ularni bir vaqtning o‘zida o‘g‘li rahbarligidagi maktabda ishlaganligi to‘g‘risida soxta hujjjatlar rasmiylashtirib, 2017-2022 yillar davomida ushbu ikki xodimga majburiy ushlanmalardan tashqari jami 69,8 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab, umumiy hisobda 146,9 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

 

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar joriy yilning aprel oyida Bosh prokuraturaga yuborilgan edi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Jizzax viloyati Paxtakor tumani bo‘limi tomonidan 16.06.2023 yilda Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a,” “b”, “g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.