0

O'n mingga yaqin o‘zbekistonlik 2023-yilda Rossiya fuqaroligini oldi

Rossiya fuqaroligini olishda Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda

O'n mingga yaqin o‘zbekistonlik 2023-yilda Rossiya fuqaroligini oldi

 

“Asia-Plus” xabariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 205 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 38,2 ming kishiga kam.

 

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olishda Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 87 ming, ikkinchi o‘rinda Ukraina fuqarolari – 39 ming, Armaniston esa uchinchi o‘rinda – deyarli 18 ming. 

 

Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (13 876), Qirg‘iziston (10 500), O‘zbekiston (9 ming 340) va Ozarbayjon (7 ming 457).

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"