0

Toshkentda ayrim avtobuslar harakati vaqtinchalik soat 5:00 dan boshlanadi

OTMlarga kirish imtihonlari o'tkazilishi munosabati bilan 1-avgustdan 13-avgustga qadar poytaxtdagi ayrim avtobus yo'nalishlarida harakat soat 5:00 dan tashkil etiladi.

Toshkentda ayrim avtobuslar harakati vaqtinchalik soat 5:00 dan boshlanadi

 

“Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, 1-avgut kunidan 13-avgust kuniga qadar, 2023/2024-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi bir nechta manzillarda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan, ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti harakati soat 05:00 dan tashkil etiladi.

 

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlari (19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133m va 28m) bilan yuqoridagi suratda keltirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"