O'zbekiston

Janubiy Koreya O'zbekistonga jangovar samolyotlar va o‘ziyurar gaubitsalar yetkazib berishi mumkin

Janubiy Koreya Mudofaa vaziri tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turibdi.

Janubiy Koreya O'zbekistonga jangovar samolyotlar va o‘ziyurar gaubitsalar yetkazib berishi mumkin

 

Mudofa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Li Jong Sup boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.

 

Uchrashuvda ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirishda istiqbollari haqida suhbatlashgan.
 

Shuningdek, The Korea Heraldning hukumatdagi manbalarga tayanib yozishicha, Janubiy Koreya O'zbekistonga Korea Aerospace Industries tomonidan ishlab chiqarilgan FA-50 yengil jangovar samolyotlarini eksport qilmoqchi, shuningdek, boshqa mahalliy qurollarni, jumladan K9 o‘ziyurar gaubitsasini yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

 

Mudofaa vazirining O'zbekistonga safari ushbu mamlakatda potentsial qurol savdosiga zamin yaratish va yangi bozorga kirish uchun katalizator vazifasini bajarashi mumkin, deya ta’kidlagan Janubiy Koreya hukumatidagi manbalar nashrga.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"