O'zbekiston

Buxoroda erkaklarga qasddan OIV yuqtirgan ayol ushlandi

Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Buxoroda erkaklarga qasddan OIV yuqtirgan ayol ushlandi

 

Buxoro viloyati Romitan tumanida OIV infeksiyasini birovlarga qasddan yuqtirib yurgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Romitan tumani Oʻzbekiston mahallasida yashovchi R.N. 2019-yilning 18-noyabr kunidan Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan. Shunga qaramasdan u 2023-yilning may oyida Shofirkon tumani Gʻulomte mahallasida yashovchi S.H., Talisafed mahallasida yashovchi B.O. va I.I.lar bilan Buxoro shahrining turli manzillarida himoya vositasiz jinsiy aloqada boʻlib, oʻzida OIV kasalligi borligini bila turib, jabrlanuvchilarga OIV infeksiyasini yuqtirish xavf ostida qoldirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda ushbu ayoldan jabrlanish bilan bogʻliq boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.