O‘zbekiston va Pokiston harbiy sohada hamkorlik qiladi
Ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimi tasdiqlandi.

O'zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilindi.
Bitim O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi o'zaro hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yana-da oshirish hamda mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi rejalashtirilgan.







