Jahon

“Yadro quroli poygasida g‘oliblar bo‘lmaydi”

Xalqaro tahlilchilar yadroviy quroldan foydalanishdan tiyilishga chaqirishdi. Aks holda...

“Yadro quroli poygasida g‘oliblar bo‘lmaydi”

 

Qo‘shma Shtatlar va Rossiya 1945 yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarini bombardimon qilishdan saboq olib, atom qurolidan foydalanish ritorikasidan qochishlari va halokatli o‘yinni tugatish uchun darhol o‘z emissarlarini ushbu masala bo‘yicha dialog o‘tkazish uchun yuborishlari kerak, deydi AQSH Qurollarni nazorat qilish assotsiatsiyasi direktori Deril Kimbol.

 

Uning fikricha, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar uchun yadroviy tiyilishning halokatli o‘yinidan chiqishning yagona oqilona yo‘li yadro qurolidan foydalanish tahdidi bilan bog‘liq har qanday ritorikadan voz kechishdir. Shuningdek, yadroviy sohadagi xatarlarni kamaytirish va o‘z mamlakatlarining to‘plangan yadro arsenallarini qisqartirish yo‘lida jiddiy muloqotga kirishish uchun emissarlarni yuborishdir.

 

Shunday qilib, xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha amerikalik ekspert 78 yil avval ro‘y bergan fojiali voqealardan zamonaviy siyosatchilar avlodi qanday saboq olishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

 

Uning aytishicha, yadro qurolli poygasida g‘olib bo‘lmaydi. Unda barcha tomonlar yutqazadi hamda uning salbiy oqibatidan millionlab odamlar uzoq yillar davomida aziyat chekadi.

 

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytganidek, Qo‘shma Shtatlar bir paytlar yadro qurolidan foydalangan. Putinning eslatishicha, dunyoda yadro quroliga ega bo‘lmagan mamlakatga qarshi yadro qurolini qo‘llagan yagona davlat Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘lib, u Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga ikki marta hujum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Yaponiyaga qarshi yadro qurolini qo‘llashi uchun harbiy maqsadga muvofiqlik yo‘q edi, ular buni o‘z manfaatlariga mos deb bilganlari uchun qilishgan.

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaponiyada so‘zlagan nutqida esa Xirosima va Nagasaki portlashlarini vayronagarchilik va insoniyatga yetkazgan azobi jihatidan misli ko‘rilmagan deb atagandi.

 

Kimbolning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki hodisa yadro qurolidan foydalanish tahdidiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida “qayg‘uli eslatma” bo‘lib xizmat qiladi va bunday tahdidlarni amalga oshirayotganlar qanday sharoitda bo‘lishidan qatʼi nazar “g‘ayriinsoniy” harakat qiladi.

 

Uning fikricha, Yevropadagi mojaroda hozir yadroviy qurol qo‘llanilsa, bu keskinlikning kuchayishiga va Xirosima hamda Nagasakini vayron qilganidan bir necha baravar kuchliroq yuzlab yadro kallaklaridan foydalanishga olib kelmasligiga kafolat yo‘q.

 

Mutaxassis, shuningdek, bunday urush bir necha soat ichida osongina yuz millionlab odamlarning o‘limiga va jarohatlanishiga olib kelishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Putin rossiyaliklarga murojaatida G‘arb o‘zining Rossiyaga qarshi siyosatida har bir chiziqni kesib o‘tgani, shuningdek, Rossiyaga doimiy tahdidlar bo‘layotganini aytgandi. Unga ko‘ra, G‘arb Rossiyaga qarshi yadroviy shantaj, ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llagan. Kreml rahbari G‘arbga Rossiya bir qator komponentlar bo‘yicha xorijiy harbiy texnikadan ustun ekanligini eslatib, yadro quroli bilan shantaj qilmoqchi bo‘lganlarni “shamol ko‘tarilsa, o‘z tomonlariga burilishi mumkinligi”dan ogohlantirdi.

 

Shuningdek, Rossiya prezidenti Moskva hech qachon yadro qurolidan foydalanish haqida hech qanday tashabbuskorlik ko‘rsatmaganini va Kreml tomonidan bunday quroldan foydalanish ehtimoli haqidagi tezisdan Moskvaga do‘st bo‘lgan davlatlarga salbiy taʼsir ko‘rsatish uchun foydalanilayotganini aytgandi.

 

Maʼlumot uchun:1945 yil avgust oyida amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladilar. Xirosimadagi atom portlashi va uning oqibatlaridan 350 000 kishi, Nagasakida 74 000 kishi halok bo‘ldi. Atom bombasi qurbonlarining aksariyati tinch aholi edi. 6- va 9 avgust Xirosima va Nagasakida har yili “Tinchlik marosimlari” o‘tkaziladi.

 

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"