O'zbekiston

5 ta "metan zapravka" tomonidan 11 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Gazni hisobga olish uskunalariga tashqi taʼsir ko‘rsatish oqibatida davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazilgan.

5 ta "metan zapravka" tomonidan 11 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

 

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” hamda huquqni muhofaza qilish organlari va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda bir qancha qonunbuzarliklar aniqlangan. 

 

Jumladan, Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “K.I.K” korxonasiga qarashli 3 ta shoxobchada o‘rnatilgan gazni hisobga olish uskunalarida nazorat qilinadigan maʼlumotlar isteʼmolchilar aralashuvi bilan qisman yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilgan. Yaʼni gazni hisobga olish uskunasining elektr taʼminoti tizimidan vaqti-vaqti bilan uzib qo‘yish yo‘li bilan isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmining haqiqiy ko‘rsatkichlari yashirilgan. Oqibatda, isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi hisobini yuritish uchun o‘rnatilgan uskunalarning elektron xotira maʼlumotlari yo‘qotilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 ta shoxobcha umumiy hisobda 8 milliard so‘mga yaqin tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. 

 

Toshkent viloyati, Chinoz tumanida joylashgan “K.P.” korxonasiga qarashli shoxobchada o‘rnatilgan «AvtoPilot PRO» rusumli elektron hisoblagichga o‘rnatilgan bir marotabalik nazorat tamg‘asi qasddan buzilgan va hisoblagichdagi ko‘rsatkichlar tashqi taʼsir yordamida kamaytirib ko‘rsatilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

 

Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan “N.Z.F.B” korxonasiga qarashli shoxobchada gaz hisobdoniga tashqi taʼsir ko‘rsatilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlariga taqdim qilingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"