O'zbekiston

Xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi Misrdan O'zbekistonga olib kelindi

Mazkur shaxs islom universitetida tahsil olish maqsadida Misrga borgan va diniy ekstremistik oqimga aʼzo boʻlgan.

Xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi Misrdan O'zbekistonga olib kelindi

 

Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan ilk bor Misrdan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ekstraditsiya qilindi, deya xabar bermoqda IIV.

 

Ma'lum qilinishicha, Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtiruvchi chorasi natijasida, Interpol Bosh kotibiyati tomonidan oʻtkazilayotgan xalqaro uchrashuvlar doirasida byurolar rahbarlari oʻrtasida ikki tomonlama aloqalar hamda Interpolning bevosita yordami tufayli Misr politsiyasi, jinoyatchining Misrdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinishi birinchi marta amalga oshirildi.

 

Mazkur shaxs islom universitetida tahsil olish maqsadida Misrga borgan va yashirin yigʻilishlarda qatnasha boshlagan, keyinchalik esa diniy ekstremistik oqimga aʼzo boʻlgan. U yerda esa oʻz tarafdorlarini koʻpaytirish maqsadida fundamentalizm gʻoyalarini targʻib etib, islom diniga qiziquvchi va Qohiraga oʻqish uchun kelganlar orasida targʻibot ishlarini olib borgan. Natijada unga nisbatan ayb eʼlon qilinib, u xalqaro qidiruvga berilgan

 

Kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi Misrda yashiringan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qoʻlga olingan. Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari bilan jinoyatchi Misrdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi va endilikda u sodir etgan jinoyati uchun javob berishiga toʻgʻri keladi, deyiladi IIV xabarida.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"