O'zbekiston

Qashqadaryoda 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlandi

Oqibatda tabiatga 133 mln so'm zarar yetkazilgan.

Qashqadaryoda 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlandi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Qashqadaryo viloyati "Hisor" davlat qo'riqxonasi va Shahrisabz ixtisoslashgan davlat o'rmon xo'jaligi hududidan oqib o'tuvchi Tanxozdaryo daryosi irmog'ida fuqarolar tomonidan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi. 

 

Noqonuniy ov natijasida tabiatga 133 mln 650 ming so'm zarar yetkazilgani ma'lum bo'ldi. Hozirda holat bo'yicha surishtiruv ishlarini olib borish va qonunbuzarlarga nisbatan chora ko'rish maqsadida to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtirilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, Amudaryo gulbalig'i yo'qolib borayotgan kenja tur hisoblanib, O'zbekiston Qizil kitobi va SITES konvensiyasi (Qizil kitobga va yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to'g'risidagi konvensiya) ilovasiga kiritilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"