O'zbekiston

Uchta viloyatga yangi prokuror tayinlandi

Shuningdek, Transport prokurori hamda Bosh prokuror o'rinbosari lavozimlariga ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Uchta viloyatga yangi prokuror tayinlandi

 

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan uchta viloyatga prokurorlar tayinlandi. Jumladan:

 

  • adliya katta maslahatchisi Xodjayev Marufxon Maksudovich Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Xodjayev Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan;

  • adliya katta maslahatchisi Eshnazarov Murodqosim Xamzayevich Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Eshnazarov Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan;

  • adliya katta maslahatchisi Madraximov Umirbek Muxammadovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Madraximov Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

Bundan tashqari, Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Hatamov Jahongir Jo‘rayevich Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Hatamov Samarqand viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

 

Shuningdek, adliya katta maslahatchisi To‘xtaboyev Sherzod Jalolovich Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar To‘xtaboyevBosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

Shu bilan birga, Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Narimov Ikrom Shermatovich Transport prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Narimov Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.