O'zbekiston

Rossiyada O'zbekistondagi banklardan birining sobiq rahbari ushlandi

Ayblanuvchi huquq-tartibot organlari tomonidan O'zbekistonda qidiruvga berilgan.

Rossiyada O'zbekistondagi banklardan birining sobiq rahbari ushlandi

 

Rossiyada O'zbekistonda pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanayotgan Qarshi shahridagi bank filialining sobiq rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiyaning Saratov viloyati prokuraturasi xabar berdi.

 

Tergov xulosasiga ko'ra, ayblanuvchi 2019-2020-yillarda Qarshi shahridagi bank filiali boshlig‘i lavozimida ishlab, boshqa shaxslar nomiga kredit berish to‘g‘risida qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirib, pul mablag'larini o‘zlashtirib yuborgan.

 

Natijada davlat manfaatlariga 53 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, u fuqarolarning jami 33 million so‘mlik pul mablag‘larini va O‘zbekiston fuqarosining pasportini ham o‘zlashtirib olgan. Gumonlanuvchi joriy yilning may oyida Saratov viloyatining Ozinskiy tumanida chegara nazoratidan o‘tayotganda qo‘lga olingan.

 

Qayd etilishicha, prokuratura O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 47 yoshli shaxsga nisbatan ekstraditsiya tekshiruvini yakunlagan. Ayblanuvchini O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.