0

Yer yuzidagi jannat – Mug‘la

Turkiyaning eng uzun qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan Mug‘la - tarixiy, madaniy qadriyatlari va tabiiy go‘zalliklari bilan har yili ko‘plab mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qiladi.

Yer yuzidagi jannat – Mug‘la

 

Zangori quyosh nurlari, moviy osmon va yashil tabiatning barcha go‘zalliklarini o‘zida mujassam qilgan Mug‘la, Egey va O‘rta Yer dengizlarining feruza suvlari, 8 ming yil ortga, tarix qaʼriga sayohat qilishga undaydigan o‘nlab qadimiy shahar xarobalari bilan sayyohlarning eng sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi.  Shuningdek u, yer yuzining yashirin jannati deya taʼriflanadi.

 

Umumiy uzunligi 1479 kilometr bo‘lgan dengiz qirg‘oqlari bilan Turkiyaning eng uzun qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan Mug‘la - tarixiy, madaniy qadriyatlari va tabiiy go‘zalliklari bilan har yili ko‘plab mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qiladi.

 

Har yili 1 milliondan ziyod xorijlik sayyoh tashrif buyuradigan Mug‘la, Turkiyaning janubi-g‘arbiy uchida joylashgan bo‘lib, u shimolda Aydin, shimoli-sharqda Denizli va Burdur, sharqda Antaliya, janubda O‘rta Yer dengizi va g‘arbda Egey dengizi bilan o‘ralgan.

 

Egey mintaqasining janubida joylashgan shahar, dengizi va tabiiy go‘zalliklari bilan bir qatorda Kariya, Likiya, Rim, Vizantiya, Saljuqiylar va Usmoniylar kabi ko‘plab sivilizatsiyalarga mezbonlik qilganligi bilan tanilgan.

 

Qadimda Kariya, turklar davrida Menteshe, bugungi kunda Mug‘la deb ataladigan bu shahar dunyoga mashhur sayohatchi Avliyo Chalabiy va mashhur tarixchi Gerodot asarlarida ham tilga olinadi.

 

Tabiiy, tarixiy va madaniy go‘zalliklari bilan millionlab odamlar tomonidan tashrif buyurilgan Mug‘la, Bodrum, Fethiye, Marmaris tumanlari va har biri alohida bo‘lgan yuzlab ko‘rfazlar bilan uyg‘unlashgan holda ajoyib manzara kasb etadi.

 

Mug‘la o‘zining maftunkor moviy dengizi, oltinrang qumi va quyoshi, yashil tabiati, shuningdek, taqdim etgan turli imkoniyatlar bilan boy salohiyatga ega. Suv sporti, velosport, tabiat qo‘ynida sayr qilish, paraplanda uchish, baland tog‘ turizmi, g‘orlar, sog‘lomlashtirish va madaniy turizm maskanlari kabilari bilan shahardagi muqobil turizmning xilma-xilligini tashkil etadi.

 

Kema sayohati/moviy tur: kemada sayr qilib, moviy osmon, yashil tabilat va feruza dengizlarni tomosha qilishni sevuvchilar uchun Mug‘la moʻjizaning o‘zginasidir.

 

Selimiye

 

Selimiye, shuningdek, Bodrum va Marmaris o‘rtasida sayohat qiluvchi moviy kruiz qayiqlarining tez-tez tashrif buyuradigan joylaridan biridir. Bu yashilliklar bilan o‘ralgan qishloqning dengiz suvi toza va odatda turg‘un. Kichik restoranlar, odatda, qayiqlarga xizmat qiladi. Selimiye atrofida uchta qalʼa xarobalari mavjud bo‘lib, ularning qadimgi nomi Hydas. Ko‘rfazning janubi-sharqiy tepaliklarida ellinistik davr devori qoldiqlarini ko‘rish mumkin. Sohildan 100 metr uzoqlikda Selimiyega yaqinlashayotgan qayiqlarni boshqarish uchun qurilgan qo‘riq minorasi, dengiz chirog‘i, monastir va teatr shaharning ko‘rishga arziydigan boshqa yodgorliklaridir. Mintaqadagi kema halokatidan topilgan qoldiqlar Bodrum suv osti muzeyida namoyish etiladi.

 

Saklikent kanyoni

 

Mug‘laning Seydikemer tumanidagi Saklikent kanyoni issiq yoz oylarida quyosh ko‘rmaydigan tik yon bag‘irlari va salqin suvlardan iborat tabiiy moʻjizadir. 18 km uzunlikdagi kanyonning boshidan 2 kilometrlik qismida, qishin-yozin juda kuchli oqadigan Eshen oqimi mavjud. Qolgan 16 kilometr faqat professional kanyon ishqibozlari asbob-uskunalar bilan borishlari mumkin bo‘lgan tuzilishdadir. Baʼzi joylarda ming metrdan oshgan qoyalardan faqat osmon ko‘rinadi. Bundan tashqari, sarguzashtsevar mehmonlar uchun kanyondan oqib o‘tadigan suvda “rafting”, “zipline” va “bungee jumping” kabi sport turlari mavjud.

 

Karabag‘lar platosi

 

Mug‘la shahar markazidan 3 km uzoqlikda joylashgan Karabag‘lar platosini ko‘rish uchun albatta vaqt ajratishingizni tavsiya etamiz. Muzdek buloq suvlari, ulkan chinorlari, mo‘l mevali daraxtlari bilan issiq kunlarda qochish mumkin bo‘lgan joydir. Karabag‘lar Supurog‘lu mahallasidagi restoranlarda taqdim etiladigan mazali "kuyu buryani" taomi siz tatib ko‘rishingiz shart bo‘lgan lazzatlardan biridir.

 

Kapalaklar vodiysi

 

Kapalaklar vodiysi dengiz va tik qoyalar bilan o‘ralgan, tabiiy va himoyalangan tuzilishi tufayli tashqi dunyodan himoyalangan Mug‘laning (Fethiye) eng diqqatga sazovor joylaridan biridir. 1-darajali tabiiy maydon deb eʼlon qilingan va qarag‘ay vodiysi bo‘ylab mashaqqatli ko‘tarilishdan so‘ng, bir so‘z bilan aytganda, har yerni choyshabdek qoplagan milliardlab kapalaklarning toshlar, daraxt poyasi va barglarini qoplaganini ko‘rish o‘ta hayratlanarli moʻjizadir. Bu vodiyda 80 dan ortiq kapalak turlari mavjud.

 

Kabak ko‘rfazi

 

Kabak vodiysi ko‘plab endemik o‘simliklar joylashgan tabiiy muhofaza zonalaridan biridir. Bu yoga va tabiatni yaxshi ko‘radiganlar va sportchilar tomonidan afzal ko‘riladigan ko‘rfazda, lagerlar, bungalovlar va tabiat bilan chambarchas bog‘langan yog‘och uylar mavjud. Likiya yo‘li piyoda yurish marshrutini ham o‘z ichiga olgan ko‘rfaz, tashrif buyurish lozim bo‘lgan yana bir manzildir.

 

custom img

Makron Navalniy vafotining ikki yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Fransiya prezidenti uning o‘limi “ataylab sodir etilgani ayon bo‘ldi” deya ta’kidladi.

custom img

Rahmon qayerda?

So‘nggi 10 kun ichida biror marta ham davlat yig‘ilishlarida ishtirok etmagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon haqida ijtimoiy tarmoqlarda uning vafot etgani haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

custom img

Turkmanistonda 50 dan ortiq farmon bilan ommaviy kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va bir qator davlat idoralari rahbarlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

custom img

Ukrainaning sobiq energetika vaziri pul yuvishda ayblanmoqda

German Galushchenko 15-fevral kuni hibsga olingan.

custom img

Qirgʻizistonda bir kunda uch vazir ishdan olindi

Transport, ekologiya va favqulodda vaziyatlar vazirliklarida rahbariyat o‘zgardi.

custom img

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev bilan uchrashdi.

custom img

AQShning Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi qariyb 3 mlrd dollarga tushdi — Bloomberg

Harbiy flot va aviatsiya texnikalarining joylashtirilishi milliardlab dollar xarajat talab qilgan.

custom img

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"