Sport

Uyida qolgan Mbappe, Lukakuga chiqqan yangi xaridor va Neymarni aqldan ozdirgan “soqqa”li ish

Yevropa transfer bozorida kuzatilgan so‘nggi yangiliklar.

Uyida qolgan Mbappe, Lukakuga chiqqan yangi xaridor va Neymarni aqldan ozdirgan “soqqa”li ish

 

Shu kunlarda Yevropa transfer bozorida bir qator yangiliklar kuzatildi. Zamon.uz so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan transferlar haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi.

 

Mbappe “PSJ”ga qoladi

 

Ushbu transfer oynasining asosiy mavzusi Kilian Mbappe atrofida bo‘lmoqda. Hujumchi uch hafta oldin “PSJ”ning asosiy jamoasidan chetlashtirilgan edi va endi Liga 1 1-turidan ko‘p o‘tmay, futbolchi jamoaga qaytarildi. Klubning taʼkidlashicha, bu qaror “Loren” bilan muvaffaqiyasiz o‘yindan oldin qabul qilingan. "The Atletic" nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi Mbappening shartnomani uzaytirishidan hamon umidvor, boshqa nashrlarning xabariga ko‘ra, futbolchi hattoki jamoadan tekinga ketmaslikka vaʼda bergan.

 

Neymar Saudiyaga ko‘chib o‘tadi

 

Neymarning “Al-Hilol”ga o‘tishi deyarli aniq bo‘ldi. Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi ikki yilda 160 million yevro ishlab topadi, “PSJ” esa 60 million yevro oladi. Bundan oldin Neymar ham “Loren” bilan bo‘lgan o‘yinda qaydnomaga kiritilmagandi.

 

Manchini kutilmaganda Italiya terma jamoasini tark etdi

 

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Yevro-2024 boshlanishiga 10 oy qolganida o‘z lavozimini tark etdi. Aftidan bu jamoaning natijalari bilan bog‘liq emas. Keyinroq italiyalik jurnalist Nikolo Shira murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarishga yaqin turgani haqida xabar berdi.

 

"Al-Ahli" Zelinskiyga qiziqmoqda

 

“Napoli” yarim himoyachisi Zelinskiyning Saudiya Arabistoniga o‘tishi haqidagi maʼlumotlar bir necha oylardan beri muhokama qilinmoqda. Avvaliga futbolchining “Al-Hilol”ga o‘tish ehtimoli yuqori ekanligi aytilgandi. Biroq, futbol insayderi Fabritsio Romano polyak futbolchisining yaqin orada “Al-Ahli”ga o‘tishi haqida maʼlumot berdi. Xabar qilinishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda, futbolchining shaxsiy shartlari kelishib olingan.

 

“Tottenhem” Lukakuni nishonga oldi

 

“Chelsi” hamon Lukakudan qutula olmayapti. Avvaliga “Inter” bilan muzokaralar to‘xtab qoldi, keyin esa “Yuventus” bilan kelisha olmadi. Qolaversa, Turinda muxlislar bunday transferga keskin qarshi chiqishdi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchini sotib olish uchun “Chelsi”ga yaqinda Harri Keynni “Bavariya”ga qo‘yib yuborgan “Tottenhem” murojaat qilgan.

 

Kepa “Bavariya”ni emas, “Real”ni tanladi

 

“Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga o‘tgan kuni Tibo Kurtua jiddiy jarohat olgan "Real Madrid"ga yo‘l oldi. Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchi sotib olish huquqisiz ijaraga beriladi. “Bavariya” bosh direktori Yan-Kristian Driyesenning aytishicha, Kepa Myunxendan ko‘ra Madridni afzal ko‘rgan.

 

Diyego Kosta yangi klub topdi

 

34 yoshli hujumchi Diyego Kosta Braziliyaga qaytdi. U yerda u o‘z faoliyatini yoshlar darajasida boshlagan, ikki yil oldin futbolchi "Atletiko Mineiro"da o‘ynagan va hozirda “Botafogo” bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv allaqachon rasman eʼlon qilingan. Shartnoma 2023-yil oxirigacha mo‘ljallangan.

 

“PSJ” yana bir hujumchi topdi

 

Parij klubi yana bir hujumchi bilan muzokara olib bormoqda. Gap Bundesliganing so‘nggi mavsumidagi asosiy kashfiyotlaridan biri - “Ayntraxt” hujumchisi Kolo Muani haqida ketmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olingan va nemis klubi 100 million yevro va bonuslar olmoqchi.

 

Maguayr «Vest Xem»ga o‘tadi

 

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini "Vest Xem"da davom ettiradi. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klublar 2019-yilda dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylangan futbolchi uchun 35 million yevroga kelishib olgan.

custom img

“O‘zbekiston katta orzular amalga oshishini butun dunyoga isbotladi” — Infantino

FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki bilan tabrikladi.

custom img

O‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026 nimchorak finali uchrashuvini boshqaradi

O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuviga tayinlandi.

custom img

Ronalduning goli va Ramosning so‘nggi daqiqadagi zarbasi Portugaliyani finalga olib chiqdi

Xorvatiya mundial bilan xayrlashdi, Luka Modrich Jahon chempionatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

custom img

JCH — 2026: Harri Keyn Angliyani qutqardi

Inglizlar Kongo DRni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi.

custom img

O‘rozovga Bundesliganing yetakchi jamoasi qiziqish bildirmoqda — OAV

Futbolchi “Borussiya Myonxengladbax”ning yozgi transferlar uchun shakllantirilgan kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

Futbolchining mundialdagi tarixiy goli FIFA ovoz berishida Messi, Mbappe va Vinisius Juniorning gollarini ortda qoldirdi.

custom img

JCH-2026. Braziliya va Marokash dramatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi, Germaniya esa sensatsion tarzda musobaqani tark etdi

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar yakunlandi. Braziliya, Paragvay va Marokash chorak final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

custom img

Fabio Kannavaro terma jamoa bilan Toshkentga qaytmaydi

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi AQShdan Italiyaga uchib ketadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"