Jahon

Jeff Bezos "milliarderlar oroli"dan 68 million dollarga uy sotib oldi

Shuningdek, bu orolda mashhur tadbirkorlardan Karl Ikan, Tom Bredi, Jared Kushner va Ivanka Tramp yashagan.

Jeff Bezos "milliarderlar oroli"dan 68 million dollarga uy sotib oldi

 

Amazon bosh direktori Jeff Bezos Florida shtatidagi Indian-Krikda 68 million dollarga uy sotib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

 

Kelishuv iyul oyida bo'lib o'tgan, biroq xaridorning shaxsi avvalroq oshkor etilmagan. 864 kvadrat metr hovuzga ega uch xonali uy 1965-yilda qurilgan.

 

Indian Creek oroli dunyodagi eng boy odamlar orasida juda mashhur bo'lib, u "Mayami milliarder bunkeri" deb nomlanadi. Turli vaqtlarda bu yerda amerikalik tadbirkor Karl Ikan, Tom Bredi, Jared Kushner, Ivanka Tramp va boshqalar yashagan. Orolda 40 ga yaqin rezidensiya, qishloq klubi va politsiya bo'limi mavjud. 

 

Milliarderning Vashingtonda uyi, Beverli-Xillzda 165 million dollarlik saroyi, Maui orolida mulki, Manxetten va Sietlda ham ko‘chmas mulki bor. Shuningdek, u Texasda Blue Origin New Shepard raketalarini uchirish maydonchasi joylashgan 300 000 akr fermaga ega.

 

Bir necha oy oldin 163 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turgan Jeff Bezosning unashtirilgani ma’lum bo‘lgan edi.

 

May oyida 59 yoshli Jeff Bezos besh yillik munosabatlaridan so‘ng sobiq jurnalist va ishbilarmon ayol, Emmi mukofoti sovrindori 53 yoshli Loren Sanchesga turmush qurishni taklif qildi. U bilan 2019-yilda boshlangan munosabatlaridan oldin milliarder 25 yil davomida Makkenzi Skott bilan yashagan, ularning to‘rt nafar farzandi bor. Sanches ham ikki marta turmushga chiqqan va uch nafar farzandning onasi ekani aytiladi.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.