O'zbekiston

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga "yangi qon" kerakligini aytdi.

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

 

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda 17 avgust kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qildi.

 

Ularning faoliyatiga huquqiy baho berilishi, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettirishi qayd etilgan.

 

Shuningdek, tumandagi (huquq-tartibot idoralaridan tashqari) barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilinishi belgilandi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi.

 

Viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bo‘lib turganini taʼkidlab, buni «Qibray uchun yarashmaydigan holat» deb atadi.

 

Tumanda olti oy yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari, o‘tgan yilga solishtirganda, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagani, 8 ta korxona o‘z faoliyatini to‘xtatgani aytib o‘tildi.

 

Qayd etilishicha, aholi soniga nisbatan 84 ta sartaroshxona, go‘zallik salonlari singari xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari taqchil. KPI tizimi bo‘yicha tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari umumiy 76 ball olgan, bu ko‘rsatkich viloyatda 13-o‘rin hisoblanadi.

 

«Salohiyatli tadbirkorlar Qibrayda oshkoralik, adolat bo‘lishiga ishonmaydi. Eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘q. Natijada keyingi 2 yilda tumanda ishlayotgan 7 ta eksportyor korxona boshqa tumanlarga hisob raqamini ko‘chirib olib ketgan. Demak, ular bu yerdagi mutasaddilar bilan ishlashni xohlamagan», — degan viloyat hokimi.

 

U Qibrayda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida juda ko‘p qonunbuzarlik, boshboshdoqlik borligi va buni tartibga solish vaqti kelganini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, viloyatda eng ko‘p umumiy ovqatlanish shoxobchalari Qibrayda ekani, biroq ularning aksariyati rasman ishga olinmagani bandlik dasturlari ijrosiga monelik qilishi tanqid ostiga olingan.

 

Bundan tashqari, tumanda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, shu maqsadda tuman hokimi raisligida maxsus ishchi guruh tuzish kerakligi aytib o‘tilgan.

 

Tumanda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining atigi 8 foizi qayta ishlanishi «og‘riqli masala» deya qayd etildi.

 

 

Viloyat hokimi kadrlar bilan ishlashning «Qibray tajribasi» joriy etilishini bildirdi. «Bo‘shagan o‘rinlarga, tuman tashkilotlariga tanlov asosida yoppasiga yoshlar ishga olinadi. Qibrayga shu tariqa «yangi qon» quyilmasa bo‘lmaydi», — dedi hokim.

 

Hududda 4000 nafar bola uchun bog‘chada joy yo‘qligi, maktabgacha taʼlimga qamrov 67 foiz ekani ko‘rsatilib, bu Qibray uchun «sharmandali holat» deb baholandi. Tumandagi 16 ta mahallada bitta ham bog‘cha yo‘qligi qayd etilgan.

 

«Tumanda murojaatlar bilan ishlash ayanchli, 1697 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan atigi 8 foizi ijobiy hal etilgan, xolos. 28 ta qabul, 128 fuqaro. Yaʼni bitta qabulda o‘rtacha 4 fuqaro qatnashgan. Hokim qabul o‘tkazsa, 4 nafar fuqaro kelibdi. Kim ishonadi bunga? Ko‘zbo‘yamachilik-ku bu?!» — dedi Zoyir Mirzayev.

 

Yig‘ilishda Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Qibray tumani hokimiligiga tayinlangan.

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

U tadbirkordan jarimani qo‘llamaslik evaziga pul talab qilgan.

Mahkumlar ham oliy ta’lim olishi mumkin: 2027-yildan yangi imkoniyat yaratiladi

Mahkumlar ham oliy ta’lim olishi mumkin: 2027-yildan yangi imkoniyat yaratiladi

Mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida 50 ta kasbga o‘qitish dasturlari joriy etiladi.

O‘zbekiston aholisi soni qayta hisoblandi: 2026-yilda 39 milliondan oshgan

O‘zbekiston aholisi soni qayta hisoblandi: 2026-yilda 39 milliondan oshgan

Mamlakatning 2010–2026 yillardagi doimiy aholisi sonini qayta hisobladi.

Ikki davlatda ishlaganlar uchun pensiya staji qo‘shiladi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishdi

Ikki davlatda ishlaganlar uchun pensiya staji qo‘shiladi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishdi

Kelishuvga ko‘ra, bir mamlakatda to‘plangan ish staji pensiya olish uchun yetarli bo‘lmasa, boshqa davlatda ishlagan davri ham hisobga olinadi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

Tumanlarda gaz quvurlarini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

O‘zbekistonda kiberfiribgarlik oqibatida fuqarolarga 278,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Ularning dastlabki qiymati 3,3 milliard so‘mdan oshadi.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.