O'zbekiston

Mashhur sayyohlik nuqtalarining egizaklari haqida bilasizmi?

Har yili dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlar bir xil joylarga borib, bir-biriga o‘xshash rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashadi.

Mashhur sayyohlik nuqtalarining egizaklari haqida bilasizmi?

 

Har yili dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlar bir xil joylarga borib, bir-biriga o‘xshash rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashadi. Ko‘pchilik shunga o‘rgangan. Ammo bu joylar sayyohlar bilan to‘la va hamyonga og‘irlik qiladi. Shunday joylar borki, nafaqat mashhur nuqtalar bilan tenglasha oladi, balki yaxshigina iqtisod qilishga ham imkon beradi.

 

1. Machu-Pikchu (Peru) — Isla-del-Sol (Boliviya)

 

Ko‘pchilik Machu-Pikchu haqida eshitgan bo‘lsa kerak. Bu yo‘qolgan inklar imperiyasining qadimiy shahri. U YUNESKO meʼrosi ro‘xyxatiga kiritilgach, sayyohlar oqibi bir necha barobarga oshdi. Ammo shahargacha yetib borish ham jismoniy, ham iqtisodiy tomondan murakkab vazifa. Boliviyadagi Isla-del-Sol oroli yaxshi o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. Orol Titikaka ko‘lida joylashgan. Bu yerda 80dan ortiq xarobalar va ko‘plab terassalarni uchratish mumkin. Afsonalarga ko‘ra, inklar imperiyasiga aynan shu yerda asos solingan.

 

2. Oltin darvoza ko‘prigi (AQSH) — 25-aprel ko‘prigi (Portugaliya)

 

Gollivudning qator film va seriallarida San-Fransiskodagi mashhur ko‘prikni ko‘rish mumkin. U Amerikacha qatʼiyat ramzi. 2014 yildan ko‘prik orqali o‘tish pulli bo‘ldi. Hozirda shimol tarafga harakatlanish 7 dollar, janubga – tekin. Lissabon yaqinidagi “25 aprel” ko‘prigi “Oltin darvoza”ga juda o‘xshaydi. U orqali o‘tish 1.85 yevro. Qiziqarli fakt: agar avtomobilda chap qatordan yurilsa, o‘ziga xos ovozni eshitish mumkin.

 

3. Kolizey (Italiya) —Pula amfiteatri (Xorvatiya)

 

Kolizey – Qadimiy Rimdagi bino. Har yili uni tomosha qilish uchun 6 mlnga yaqin sayyoh keladi. Standart kirish chiptasining narxi – 16 yevro. Xuddi shunga o‘xshash amfiteatr Xorvatiyaning Pula shahrida ham bor. U yerda kirish narxi – 6 yevro, bu yerda sayyohlar soni ham ancha kam.

 

4. Big-Ben (Angliya) — Tinchlik minorasi (Kanada)

 

Aslida Big-Ben – Vestminster saroyining soat minorasi. 2012 yilda u rasman Yelizaveta minorasi deb nomlandi. Afsuski, hozirda minora restovratsiyada bo‘lgani sababli ekskursiyalar olib borilmaydi. Kanadaning Ottava shahrida shunga o‘xshash minorani uchratish mumkin. U Tinchlik minorasi deb ataladi UK parlament binosining bir qismi sanaladi.

 

5. Eyfel minorasi(Fransiya) — «Eyfel» minorasi (Kitay)

 

1889 yilda qurilgan Eyfel minorasi eng taniqli arxitektura namunasi sanaladi. Uning balandligi 324 metr. Minoraning tepasiga chiqish uchun 26 yevrodan ko‘proq to‘lash kerak. Bundan tashqari uzundan-uzoq navbatlarda qolishga tayyor turish kerak. Balandligi aslidan 2martaga past, lekin deyarli bir xil minora Xanchjou shahridagi Tianducheng turar joy kompleksi bog‘ida qurilgan. Unga kirish tekin.

 

6. gigantlar ko‘prigi (Shimoliy Irlandiya) – Ustunli burun (Rossiya)

 

Balandligi 12 metrga yetuvchi 40 000 dan ortiq bazalt kolonnalari ko‘rinishidagi noodatiy tabiat yodgorligi. Bu yerda rasmga tushishni xohlovchilar talaygina, shuning uchun yolg‘izlik haqida o‘ylab ham o‘tirmang. Rossiyada, Ustunli burunda unga o‘rinbosar topish mumkin. Bu yerda ustunlar balandligi 50 metrga yetadi.

 

7. Ulinyuan (Xitoy) — Lena ustunlari (Rossiya)

 

Ulinshan tog‘ tizmasining bir qismi qumtoshlarning ko‘chishi natijasida yuzaga kelgan cho‘qqi va ustunlardan iborat. Ular “Avatar” filmi orqali yana-da mashhur bo‘lgan. Shunga o‘xshash manzarani Rossiyaning “Lena ustunlari” parkida uchratish mumkin. Bu yerdagi ulkan ustunlar balandligi 100 metrgacha yetadi.

 

8. Glenfinnan Viaduki (Shotlandiya) — Altenbeken Viaduki (Germaniya)

 

Arkali  temiryo‘l - Glenfinnan viadukiniq ator filmlarda uchratish mumkin. Ulardan biri Garri Potter haqidagi filmlar seriyasidir. Shunga o‘xshash qurilish Germaniyada, Mahalliy aholi Altenbeken shahri yaqinida ham qurilgan. Mahalliy aholi u bilan faxrlanadi, chunki shu temiryo‘l orqali qishloq shaharga aylangan. Bu viaduklar 44 yil farq bilan qurilgan.

 

9. Afina Akropoli (Gretsiya) — Efes (Turkiya)

 

Akropol — sayyohlar orasida mashxur qadimiy qasr. U yerga kirish chiptasi 20 yevro atrofida. Sayyohlar ko‘p bo‘lgani uchun suratda yolg‘iz bo‘la olmaysiz. Turkiyadagi Efes shahri Akropol bilan raqobatlasha oladi. Bu yerda turli hil binolarni ko‘rish mumkin. Kirish chiptasi – 11 yevro turadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"