Iqtisodiyot

Bokuda O‘zbekiston — Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Forumda neft va gaz, kimyo va tog‘-kon sanoatlari, farmatsevtika mahsulotlari va maishiy texnikani ishlab chiqarish sohalarida yirik savdo shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolandi.

Bokuda O‘zbekiston — Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida, 21 avgust kuni Boku shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirga O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov hamraislik qildi.

 

Tadbirda qayd qilinishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda 6 barobarga, joriy yil boshidan esa yana 40 foizga oshdi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan boshqa choralar bilan bir qatorda farmatsevtika va neft-kimyo mahsulotlari, plastmassa buyumlar, polimerlar va tog‘-kon sanoati mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilganligi taʼkidlandi.

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

 

Ayni paytda avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, Ozarbayjonda paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil qilish, O‘zbekistonda qurilish materiallari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni boshlab yuborilgan.

 

Forum yakunlari bo‘yicha neft va gaz, kimyo va tog‘-kon sanoatlari, farmatsevtika mahsulotlari va maishiy texnikani ishlab chiqarish sohalarida yirik savdo shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolandi.

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22−23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.