0

Saudiya haqida “dahshatli” hisobot eʼlon qilindi

Saudiya chegaralarida afrikalik muhojirlar otib o‘ldirilishi rostmi?

Saudiya haqida “dahshatli” hisobot eʼlon qilindi

 

Saudiya harbiylari Yaman chegarasida muhojirlarni ommaviy ravishda o‘ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda “Human Rights Watch” yangi hisobotida eʼlon qildi. Hisobotda aytilishicha, Saudiya Arabistoniga yetib borish uchun urushdan vayron bo‘lgan Yamanni kesib o‘tgan ko‘plab efiopiyaliklar otib o‘ldirilgan.

 

Muhojirlar BBCʼga otishma natijasida oyoq-qo‘llaridan ayrilganlar va jasadlarni ko‘rganini aytishgan. Saudiya Arabistoni avvalroq tizimli qotillik haqidagi ayblovlarni rad etgan edi.

 

“Human Rights Watch” tashkilotining “Ular bizga yomg‘irdek o‘t ochdi” deb nomlangan hisobotida Yamanning Saudiya Arabistoni bilan mustahkam shimoliy chegarasida Saudiya politsiyasi va askarlar tomonidan o‘qqa tutilgan hamda baʼzan portlovchi qurollar bilan nishonga olingan migrantlarning grafik guvohliklari mavjud.

 

BBS alohida aloqaga chiqqan muhojirlar kechasi dahshatli o‘tishmalar eshitilgani haqida gapirdi. Ularning guvohlik berishicha, yuzlab ayollar va bolalardan iborat muhojirlar neftga boy qirollikdan ish izlab chegarani kesib o‘tishga urinayotganlarida o‘qqa tutilgan. 21 yoshli Mustafo Sufiya Muhammad BBCʼga boshidan kechirganlarini gapirib berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 45 nafar muhojirdan iborat guruhning baʼzilari o‘tgan yilning iyul oyida chegaradan yashirincha o‘tmoqchi bo‘lganlarida otib o‘ldirilgan.

 

“O‘q otilganini ham sezmay qoldim, lekin o‘rnimdan turib yurmoqchi bo‘lganimda oyog‘imning bir qismi yo‘q edi”, dedi u.

 

Mustafoning oyog‘i tizzasidan pastroq amputatsiya qilingan va endi u ota-onasi bilan Efiopiyada, qo‘ltiq tayoqchalari va protezli oyoq bilan yurmoqda.

 

“Men Saudiya Arabistoniga oilam hayotini yaxshilashni xohlaganim uchun bordim, lekin umid qilganim amalga oshmadi. Hozir ota-onam men uchun hamma narsani qilishmoqda”,  dedi yana bir efiopiyalik muhojir.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Afrikada yiliga 200 000 dan ortiq odam Yamanga dengiz orqali o‘tib, Saudiya Arabistoniga borish uchun xavfli sayohatga chiqishga harakat qiladi.

 

Inson huquqlari tashkilotlarining aytishicha, yo‘lda ko‘pchilik qamoq va kaltaklanishni boshdan kechirmoqda. Dengizdan o‘tish juda xavflidir. O‘tgan hafta Jibuti qirg‘oqlari yaqinida kema halokatidan so‘ng 24 dan ortiq muhojir bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

 

Yamanda asosiy muhojirlar yo‘llari halok bo‘lgan odamlarning qabrlari bilan to‘lib toshgan.

 

Hisobot bosh muallifi Nadiya Xardmanning BBCʼga aytishicha, 2022 yilning martidan joriy yilning iyunigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan hisobotda portlovchi qurollar bilan bog‘liq 28 ta alohida hodisa va yaqin masofadan 14 ta o‘q otish holatlari batafsil bayon etilgan.

 

“Men omon qolganlar tomonidan yuborilgan yuzlab grafik tasvirlar va videolarni ko‘rdim. Ularda juda dahshatli jarohatlar va portlashlar tasvirlangan. Hisobotda aytilishicha, chegarada qancha muhojir halok bo‘lganini hisoblab bo‘lmaydi

Chegara o‘tish joylarining uzoqligi va omon qolganlarni kuzatib borishning qiyinligi bunga imkon bermaydi”, deydi muallif.

 

“Biz huquqbuzarliklar tizimli ekanligini va insoniyatga qarshi jinoyat bo‘lishi mumkinligini haqiqatda isbotladik”, deya qo‘shimcha qiladi Xardaman.

 

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari tomonidan shimoliy chegarada keng tarqalgan qotilliklar sodir etilgani haqidagi xabarlar ilk bor o‘tgan yilning oktyabr oyida BMT ekspertlarining Ar-Riyod hukumatiga yo‘llagan maktubida paydo bo‘lgan edi.

 

Saudiya hukumati bu ayblovlarni jiddiy qabul qilishini aytdi va BMTning qotilliklar tizimli yoki keng miqyosli ekanligi haqidagi tavsifini qatʼiyan rad etdi.

 

“Taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslanib, Qirollik ichidagi rasmiylar daʼvolarni tasdiqlovchi hech qanday maʼlumot yoki dalil topmadilar”, deyiladi hukumat bayonotida.

 

Ammo o‘tgan oy Aralash migratsiya markazi, global tadqiqot tarmog‘i omon qolganlar bilan o‘z intervyulariga asoslanib, chegara bo‘ylab qotilliklarga oid qo‘shimcha daʼvolarni eʼlon qildi.

 

Uning hisobotida chegara hududi bo‘ylab tarqalib ketgan chirigan jasadlarning grafik tavsiflari, Saudiya chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan muhojirlarning qaysi oyog‘idan o‘q uzishni xohlashlarini so‘rashi, dahshatga tushgan odamlarga hujum qilish uchun pulemyot va minomyotlardan foydalanilgani tasvirlangan.

 

“Human Rayts Watch”ning hisoboti hozirgacha eng batafsil bo‘lib, ko‘plab guvohlarning hisobotlari va ko‘plab qotilliklar sodir etilgani aytilayotgan o‘tish joylari, shuningdek, vaqtinchalik dafn etilgan joylarning sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari mavjud.

 

Hisobotda, shuningdek, Yaman ichidagi Monabbihdagi hibsxona ham aniqlangan, u yerda muhojirlar qurolli kontrabandachilar tomonidan chegaraga olib ketilgunga qadar saqlanadi.

 

HRW bilan suhbatlashgan muhojirlardan biriga ko‘ra, Yamanning hutiy isyonchilari Monabbihda xavfsizlik uchun masʼul va kontrabandachilar bilan birga ishlaydi.

 

Sunʼiy yo‘ldoshdan olingan fotosuratda o‘ralgan majmua ichida bir-biriga yaqin o‘ralgan yorqin to‘q sariq chodirlar ko‘rsatilgan.

 

BBC Saudiya Arabistoni hukumatiga BMT maʼruzachilari, Aralash migratsiya markazi va “Human Rights Watch” tashkiloti tomonidan ilgari surilgan ayblovlar yuzasidan izoh so‘rab murojaat qilgan, biroq hozircha javob olmagan.

 

custom img

Makron Navalniy vafotining ikki yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Fransiya prezidenti uning o‘limi “ataylab sodir etilgani ayon bo‘ldi” deya ta’kidladi.

custom img

Rahmon qayerda?

So‘nggi 10 kun ichida biror marta ham davlat yig‘ilishlarida ishtirok etmagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon haqida ijtimoiy tarmoqlarda uning vafot etgani haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

custom img

Turkmanistonda 50 dan ortiq farmon bilan ommaviy kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va bir qator davlat idoralari rahbarlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

custom img

Ukrainaning sobiq energetika vaziri pul yuvishda ayblanmoqda

German Galushchenko 15-fevral kuni hibsga olingan.

custom img

Qirgʻizistonda bir kunda uch vazir ishdan olindi

Transport, ekologiya va favqulodda vaziyatlar vazirliklarida rahbariyat o‘zgardi.

custom img

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev bilan uchrashdi.

custom img

AQShning Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi qariyb 3 mlrd dollarga tushdi — Bloomberg

Harbiy flot va aviatsiya texnikalarining joylashtirilishi milliardlab dollar xarajat talab qilgan.

custom img

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"