Siyosat

Szinpin: BRIKS sammiti rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi

Sammit 22-24-avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi.

Szinpin: BRIKS sammiti rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi

 

BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlarining Janubiy Afrikadagi uchrashuvi assotsiatsiya tarixidagi muhim bosqich bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi, dedi XXR raisi Si Szinpin. Seshanba kuni u BRIKSning 15-sammiti boʻlib oʻtadigan Yoxannesburgga yetib keldi. 

 

“Ushbu sammit BRIKS mexanizmini rivojlantirish tarixidagi muhim bosqich boʻlib, rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarishiga ishonaman”, — dedi siyosatchi Xitoy tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.

 

Szinpinning soʻzlariga koʻra, u birgalikda rivojlanish va sayyoramizda tinchlikni mustahkamlash yoʻlida Afrika davlatlarining yuqori hokimiyatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor. Xitoy rahbarining fikricha, BRIKS global iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

 

"Assotsiatsiya a'zolari global boshqaruvni optimallashtirgan va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga hissa qo'shgan konstruktiv kuchga aylandi", — dedi u.

 

Ma'lumot o'rnida, BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari, shuningdek, Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etadi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"